“NKMK” AJga “Sustainable Fitch” tomonidan ESG-reytingi berildi. – UzAssets
UZ RU EN

YANGILIK VA E'LONLAR

UzAssets axborot xizmati

“NKMK” AJga “Sustainable Fitch” tomonidan ESG-reytingi berildi.

“NKMK” AJga “Sustainable Fitch” tomonidan ESG-reytingi berildi.
Yangiliklar 📅 15.02.2025

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati (“NKMK” AJ) “Sustainable Fitch” xalqaro reyting agentligi tomonidan ilk bor korporativ ESG-reytingi berilganini e’lon qiladi. Kompaniya ESG-reytingini ‘3’ darajasida (1 dan 5 gacha bo‘lgan shkalada, bunda 1 – past xavf-xatar darajasi, 5 – yuqori xavf-xatar darajasini anglatadi) va umumiy 51 ball (100 balldan) bilan oldi.

ESG-reytingini berish uchun agentlik “NKMK” AJning barqaror rivojlanish strategiyasi va tashabbuslari, kompaniyaning korporativ boshqaruv amaliyotlari hamda uning ijtimoiy va ekologik ta’sirini har tomonlama baholadi.

«UzAssets» AJ Axborot xizmati
UzAssets AI Assistant
Onlayn — javob berishga tayyor
Men UzAssets AI assisant. Sizga qanday yordam bera olaman?
Tez savollar
Scroll to Top