ESG Center of Excellence loyihasi doirasidagi intensiv o‘quv kursi. – UzAssets
UZ RU EN

YANGILIK VA E'LONLAR

UzAssets axborot xizmati

ESG Center of Excellence loyihasi doirasidagi intensiv o‘quv kursi.

ESG Center of Excellence loyihasi doirasidagi intensiv o‘quv kursi.
Yangiliklar 📅 19.01.2026

2026-yil 19–30-yanvar kunlari davomida «UzAssets» AJ Osiyo taraqqiyot banki ko‘magida Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi bilan hamkorlikda «ESG Center of Excellence» loyihasi doirasida intensiv o‘quv kursini tashkil etdi. Mazkur kurs ishtirokchilari O‘zbekistonning yirik davlat kompaniyalari mutaxassislaridan iborat.

Kurs interaktiv va amaliyotga yo‘naltirilgan formatda o‘tkazilib, bu davlat kompaniyalari mutaxassislariga asosiy ESG vositalarini samarali o‘zlashtirish hamda ularni ichki samaradorlikni oshirish va tashkilotlarning barqaror rivojlanishini ta’minlash maqsadida amaliyotda qo‘llash imkonini beradi.

Trening xalqaro ekspertlar, shuningdek «UzAssets» AJning ESG-konsultantlari ishtirokida o‘tkazilmoqda va grant mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilmoqda, bu esa davlat kompaniyalari uchun bepul ishtirok etishni ta’minlaydi.

Kurs dasturi davlat kompaniyalari mutaxassislarida ichki ESG-kompetensiyalarni shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, u uglerod izini hisoblash, ISO xalqaro standartlari talablariga muvofiq Gap-tahlil o‘tkazish, shuningdek ESG-ma’lumotlarni yig‘ish, verifikatsiya qilish va tayyorlashni o‘z ichiga oladi. Ushbu vositalarni o‘zlashtirish korxonalarga ESG-amaliyotlarini joriy etish sifatini oshirish, jarayonlarni optimallashtirish va tashqi maslahatchilarga bog‘liqlikni kamaytirish imkonini beradi.

Intensiv kurs «1-daraja: Fundament» moduli doirasida amalga oshirilmoqda va mutaxassislarni keyingi chuqurlashtirilgan o‘quv bosqichlariga hamda SASB va IFRS S1/S2 xalqaro standartlariga muvofiq ESG-hisobotlarni tayyorlash bo‘yicha amaliy tayyorgarlikka yo‘naltiruvchi bazaviy bosqich hisoblanadi.

«UzAssets» AJ Axborot xizmati
UzAssets AI Assistant
Onlayn — javob berishga tayyor
Men UzAssets AI assisant. Sizga qanday yordam bera olaman?
Tez savollar
Scroll to Top