2026-yil 2-iyun kuni “UzAssets” AJda Jahon banki vakillari bilan ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv Jahon bankining Moliya, raqobatbardoshlik va investitsiyalar bo‘yicha global amaliyoti menejeri Sesil Tiоро Niang boshchiligida o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida tomonlar davlat sektorini isloh qilish, O‘zbekiston davlat korxonalarida korporativ boshqaruvni takomillashtirish hamda xususiylashtirish dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikning dolzarb yo‘nalishlarini muhokama qildilar.
Shuningdek, O‘zbekiston davlat korxonalarini xususiylashtirishga tayyorlash, ularning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish hamda amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida institutsional salohiyatni mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni yanada rivojlantirishdan o‘zaro manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar va davlat korxonalarining samaradorligini oshirishga qaratilgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha birgalikdagi ishlarni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.